1 C
Ташкент
Вторник, 16 декабря, 2025
ДомойGrantsShvetsiya: Magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Shvetsiya: Magistraturada oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar!

Date:

Related stories

AQSh va Xitoyning kiberxavfsizlik strategiyasi: kim nimani ko‘zlamoqda?

Xalqaro tizimda ko‘plab davlatlar o‘zining kibermudofaa va hujum qobiliyatini...

Huawei yangi smartfonlarini namoyish etdi

P50 smartfoni Kirin 9000, P50 Pro smartfoni esa Snapdragon...

Mercedes-Benz kompaniyasi S-Class sedanining zirhlangan versiyasini ishlab chiqdi

Mercedes-Benz kompaniyasi yangi avloddagi S-Class sedanining zirhlangan versiyasini ishlab...

Telegram va TikTok ishida uzilishlar kuzatildi

Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra, Telegram foydalanuvchilarida ilovani ishga tushirishda, serverga...

O‘zbekcha “Alisa” qanday ishlab chiqildi? — loyiha asoschilari bilan suhbat

O‘zbekchani tushunib, unda gapira oladigan sun’iy intellekt yaratildi. Endilikda...
spot_imgspot_img

Shvetsiyaning Erebru shahrida joylashgan Örebro University 2023-yildan boshlab oʻqish uchun Örebro University Scholarship dasturini taklif qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi Yevropa Ittifoqi, Yevropa Iqtisodiy Hududi hamda Shveysariyadan boshqa davlatlar vakillari uchun moʻljallangan. Grant ushbu universitetdagi istalgan magistratura dasturida tahsil olish uchun taqdim etiladi.

Magistratura dasturlari bilan BU YERDA tanishish mumkin.

Bu grant har yili kamida 4-5 kishiga taqdim etiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitet magistratura kursining kontrakt toʻlovi tanlangan kursga qarab farq qiladi. Toʻliq ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan oling.

Grant yutib olgan nomzodlarning oʻqish puli toʻliq yoki qisman qoplanadi.

Grant yashash xarajatlarini qoplamaydi, shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzodga quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Yevropa Ittifoqi, YEIH va Shveytsariyadan boshqa barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega (Oʻzbekiston, Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Afgʻoniston fuqarolari ham topshira oladi).
  2. Nomzod Universityadmissions.se tizimida magistrlik dasturiga ariza topshirishda Örebro universitetini ustuvorlik boʻyicha 1-universitet sifatida belgilashi kerak.
  3. Örebro universiteti magistrlik dasturiga hujjat topshirgandan keyin unga qabul qilinishi kerak.
  4. Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilish va aksariyat dasturlarda kamida IELTS 6.5 darajasiga ega boʻlish talab etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Örebro universitetinining magistrlik dasturlariga hujjatlar 2024-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Grantga arizalar esa, magistratura dasturiga qabul qilingandan keyin, 2024-yil mart oyi oxirlaridan aprel oyi boshlarigacha ariza topshiriladi.

Magistraturaga hujjat topshirish jarayoni quyidagicha:

  1. Oʻqishga kirih uchun dastlab shu yerdagi ma’lumotlar bilan tanishing.
  2. Shu yerdan mos keladigan kursni tanlang va unga hujjatlaringizni topshiring.
  3. Magistraturaga qabul qilinsangiz, qabul qilinganingiz haqidagi xat bilan birga ushbu grant uchun ariza shakli ham email orqali yuboriladi (2024-mart oyi oxirgi yoki aprel oyi boshlarida). Shu ariza shaklini toʻldirib, topshiring.

Grantga ariza berish jarayonida quyidagicha ma’lumotlar taqdim etiladi:

  • Motivatsiya xati (1 bet).
  • CV (1 bet).
  • Kamida 2 ta tavsiyanoma (1 betdan).

Ushbu  hujjatlar bitta PDF faylga birlashtirilgan holda yuborilishi kerak. Bu fayl hajmi 4 MB dan oshmasligi lozim.

Nomzodlar akademik malakasi, tanlagan mutaxassisligiga loyiqligi, universitetda oʻqish ishtiyoqi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Stipendiatlar 2024-yilning may oyida elektron pochta orqali ogohlantiriladilar.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin dastur haqida rasmiy maʼlumotlar bilan tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan  internationalmasters@oru.se elektron pochta manziliga murojaat qiling.

Subscribe

- Never miss a story with notifications

- Gain full access to our premium content

- Browse free from up to 5 devices at once

Latest stories

spot_img

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь