1 C
Ташкент
Вторник, 16 декабря, 2025
ДомойArtificial IntelligenceIlon Mask va minglab ekspertlar sun’iy intellektni rivojlantirishni to‘xtatishga chaqirdi

Ilon Mask va minglab ekspertlar sun’iy intellektni rivojlantirishni to‘xtatishga chaqirdi

Date:

Related stories

AQSh va Xitoyning kiberxavfsizlik strategiyasi: kim nimani ko‘zlamoqda?

Xalqaro tizimda ko‘plab davlatlar o‘zining kibermudofaa va hujum qobiliyatini...

Huawei yangi smartfonlarini namoyish etdi

P50 smartfoni Kirin 9000, P50 Pro smartfoni esa Snapdragon...

Mercedes-Benz kompaniyasi S-Class sedanining zirhlangan versiyasini ishlab chiqdi

Mercedes-Benz kompaniyasi yangi avloddagi S-Class sedanining zirhlangan versiyasini ishlab...

Telegram va TikTok ishida uzilishlar kuzatildi

Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra, Telegram foydalanuvchilarida ilovani ishga tushirishda, serverga...

O‘zbekcha “Alisa” qanday ishlab chiqildi? — loyiha asoschilari bilan suhbat

O‘zbekchani tushunib, unda gapira oladigan sun’iy intellekt yaratildi. Endilikda...
spot_imgspot_img

Ularni sivilizatsiya ustidan nazoratni yo‘qotish xatari xavotirga solmoqda. 

Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask, Apple asoschisi Stiv Voznyak va mingdan ortiq ekspertlar ilg‘or sun’iy intellekt (AI) rivojlanishini to‘xtatishga chaqiruvchi ochiq xatni imzoladilar. Maktub matni Future of Life Institute tomonidan chop etildi. 

Maktub mualliflari sun’iy intellekt ishlab chiquvchilarni OpenAI kompaniyasining GPT-4 chatidan kuchliroq tizimlarni rivojlantirishni kamida 6 oyga to‘xtatishga chaqirishdi. Maktubni imzolagan ekspertlar umumiy xavfsizlik protokollari o‘rnatilgunga qadar ishlab chiqish jarayonlari to‘xtatilishi kerak, deb hisoblamoqda. Ularning fikriga ko‘ra, agar rivojlantirish jarayonini tezda to‘xtatib bo‘lmasa, rasmiylar «aralashib, moratoriy qo‘yishi kerak». 

Maktub mualliflarining fikricha, hatto «qudratli raqamli ong»ni yaratuvchilar ham ularni boshqara olmaydi va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari odamlar bilan raqobatlasha boshlaydi. 

«Biz aniqlab olaylik: mashinalar bizning axborot kanallarimizni tashviqot va yolg‘on bilan to‘ldirishiga ruxsat berishimiz kerakmi? Biz barcha ishlarni, shu jumladan qoniqish keltiradigan ishlarni avtomatlashtirishimiz kerakmi? Biz noinsoniy ongni rivojlantirishimiz kerakmi? Ular oxir-oqibatda son jihatdan bizdan o‘zib ketishi, bizni aldashi va almashtirishi mumkin. Biz sivilizatsiya ustidan nazoratni yo‘qotish xatariga duch kelishimiz kerakmi?», deyiladi maktubda. 

Reuters xabariga ko‘ra, OpenAI bosh direktori Sem Altman xatni imzolamagan. 

Subscribe

- Never miss a story with notifications

- Gain full access to our premium content

- Browse free from up to 5 devices at once

Latest stories

spot_img

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь