7 C
Ташкент
Среда, 17 декабря, 2025
ДомойGrantsIjtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan startap loyihalar tanlovi

Ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan startap loyihalar tanlovi

Date:

Related stories

AQSh va Xitoyning kiberxavfsizlik strategiyasi: kim nimani ko‘zlamoqda?

Xalqaro tizimda ko‘plab davlatlar o‘zining kibermudofaa va hujum qobiliyatini...

Huawei yangi smartfonlarini namoyish etdi

P50 smartfoni Kirin 9000, P50 Pro smartfoni esa Snapdragon...

Mercedes-Benz kompaniyasi S-Class sedanining zirhlangan versiyasini ishlab chiqdi

Mercedes-Benz kompaniyasi yangi avloddagi S-Class sedanining zirhlangan versiyasini ishlab...

Telegram va TikTok ishida uzilishlar kuzatildi

Downdetector ma'lumotlariga ko‘ra, Telegram foydalanuvchilarida ilovani ishga tushirishda, serverga...

O‘zbekcha “Alisa” qanday ishlab chiqildi? — loyiha asoschilari bilan suhbat

O‘zbekchani tushunib, unda gapira oladigan sun’iy intellekt yaratildi. Endilikda...
spot_imgspot_img

Deadline : 11.12.2023 23:58 #Startup

Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-martdagi “Ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirishning normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 133-son qarorida belgilangan talablarga muvofiq o‘tkaziladi.

Startap loyihalarni qabul qilishda quyiladigan shartlar:

  1. Ijtimoiy ta’sir: loyihada mustaqil ijtimoiy maqsad va ijtimoiy muammolarni hal qilish potensiali bo‘lishi kerak;
  2. Loyiha kelgusidagi faoliyatini saqlab turish xarajatlarini qoplay olishi lozim;
  3. Arizalar 2023-yil 11-sentabrdan 2023-yil 11-dekabrgacha qabul qilinadi;
  4. 1 ta ishtirokchi 1 ta startap loyiha bilan ishtirok etadi;
  5. Startap loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng ko‘p muddati 1 yildan oshmasligi lozim.

Loyihaga baho berishda quyidagilar hisobga olinadi:

  • Loyihaning innovatsionligi – respublikada avval qo‘llanilmagan yangi texnologiyalar va/yoki jarayonni tashkillashtirish tamoyillaridan foydalanish darajasi, bunda loyiha respublikada avval ishlab chiqarilmagan yangi mahsulot (intellektual mulk ob’ekti mavjud bo‘lganda) ishlab chiqarish, yangi xizmat yaratishni ko‘zda tutadi;
  • Loyihaning texnik jihatdan mukammalligi, shu jumladan yakunlanganlik darajasi;
  • Muhofaza qiluvchi hujjatlar mavjudligi – patent yoki patentga ariza, va/yoki ilmiy-texnik hujjatlarning to‘liq komplekti, va/yoki ko‘zda tutiladigan mahsulot (texnologiya)ning texnik reglamenti, sinov dalolatnomalari, mahsulot namunasining mavjudligi;
  • Loyihani moliyaviy rejalashtirish – loyiha moliyaviy ta’minotining rejalashtirilayotgan ishlarga muvofiqligi va harajatlar smetasining asoslanganligidir;
  • Loyihani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar – ajratiladigan mablag‘lardan samarali foydalanish, amalga oshiriladigan tadbirlarni bajarish sifati.

Innovatsion rivojlanish agentligining tanlov g‘oliblari borasidagi qarori qat’iy va qayta ko‘rib chiqilmaydi!

Tanlovga arizalar tomonlar o‘rtasida kelishilgan holda, mos ravishda taqdim qilinishi shart. Bunda quyidagi hujjatlar asl nusxalari PDF shaklida https://forms.gle/SoHPwnK8vJWvuBmR9 sahifasiga yuborilishi lozim:

  • Startap loyiha muallifi tomonidan imzolangan ariza;
  • Startap loyiha pasporti;
  • Xarajatlar smetasi;
  • Startap loyiha biznes smetasi(imzo va muhr qo‘yilgan holda).

Taqdim etilgan loyihalar tanlov talablariga qat’iy rioya qilinganligi, loyiha materiallarining ishonchliligi va haqqoniyligi, ko‘chirmachilikka (plagiat) yo‘l qo‘yilmaganligi, talablar asosida shakllantirilganligi, shuningdek, startap loyiha yakunida qo‘lga kiritiladigan muhim natijalarning tadqiqot dizayniga muvofiq to‘liq asoslanganligi va so‘ralgan mablag‘larning tanlov shartlarida keltirilgan moliyalashtirish hajmiga muvofiq to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligi bo‘yicha dastlabki texnik ekspertizadan o‘tkaziladi.

Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!

Quyidagi hollarda taqdim etilgan loyihalar tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilmasligi mumkin:

  • Loyihada mustaqil ijtimoiy maqsad va ijtimoiy muammolarni hal qilish potensiali bo‘lishi kerak;
  • Startap loyiha mazmunan innovatsion xususiyatga ega emasligi;
  • Startap loyihaning maqsad va vazifalari yoritib berilmaganligi;
  • Startap loyiha doirasidagi ishlar shartnomada belgilangan muddat yakunlangandan keyin tashkil etilmaganligi;
  • Startap loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag‘ni binolarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash-qurilish ishlariga, shuningdek, avtotransport vositalarini xarid qilishga sarflansa.

Taqdim etilgan startap loyihalardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi
va ishonchliligi hamda tanlov g‘oliblari tomonidan startap loyihalarning natijadorligi, tanlov dasturlari vazifalarida belgilangan, kutilayotgan natijalarni to‘la va o‘z vaqtida sifatli bajarilishiga startap loyiha rahbarlari, mazkur loyihani bajaruvchi tashkilot rahbarlari javobgar hisoblanadilar.

Startap loyihalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq texnik masalalar bo‘yicha Innovatsion rivojlanish agentligining texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash xizmati: +998-71-203-32-23 (ichki raqam: 218, 216) Ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan startap loyihalar tanlovi (mininnovation.uz)

Subscribe

- Never miss a story with notifications

- Gain full access to our premium content

- Browse free from up to 5 devices at once

Latest stories

spot_img

ОСТАВЬТЕ ОТВЕТ

Пожалуйста, введите ваш комментарий!
пожалуйста, введите ваше имя здесь